Hafta boshida harorat pasayadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin

11:04 21 Sentyabr 2025 Jamiyat
134 0

“Oʻzgidromet” joriy yilning 22-25-sentyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 22-24-sentyabrda 20-25 daraja, 25-sentyabrda 23-28 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-24-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-sentyabrda 12-17 daraja boʻladi, 23-25-sentyabrda 10-15 daraja, kunduzi 22-sentyabrda 23-28 daraja, 23-25-sentyabrda 20-25 daraja boʻladi.

ToshkentSamarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 22 va 24-sentyabrda Toshkent viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-sentyabrda 12-17 daraja, 23-25-sentyabrda 10-15 daraja, kunduzi 22-23-sentyabrda 22-27 daraja, 24-25-sentyabrda 24-29 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-sentyabrda 14-19 daraja, 23-25-sentyabrda 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 22-sentyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 23-25-sentyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 22-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-24-sentyabrda 12-17 daraja, 25-sentyabrda 10-15 daraja, kunduzi 22-sentyabrda 25-30 daraja boʻladi, 23-24-sentyabrda 22-27 daraja, 25-sentyabrda 24-29 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, 22-sentyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 23-25-sentyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, asta-sekin 5-10 darajagacha pasayadi, kunduzi 22-23-sentyabrda 15-20 daraja, 24-25-sentyabrda 18-23 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер