Habib Nurmagomedovning Rossiyadagi bir qancha kompaniyalari yopildi
Rossiyada sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedovga tegishli “Eagle FC” va unga aloqador xayriya jamgʻarmasining akkauntlarini blokladi. Bu haqda “Mash” Telegram kanali xabar berdi.
Manbaga koʻra, Nurmagomedov oʻzining sport karyerasini tugatganidan soʻng, sport ozuqa mahsulotlarini sotish, “Eagle FC” promousheniga homiylik qilish bilan shugʻullangan. Biroq keyinchalik “Sildi”, “First Mobile” kompaniyalari, shuningdek, Taʼlim, sport va ijtimoiy tashabbuslarni rivojlantirish jamgʻarmasi taʼsischiligidan isteʼfoga chiqqan.
U oʻziga tegishli kompaniyalar egaligini qarindoshlari va doʻstlariga topshirgan.
Federal soliq xizmati tomonidan olib borilgan tekshiruvda Nurmagomedov soliq xizmatlaridan 306 million rubl qarzdorligi maʼlum boʻldi. “Mash” Telegram kanalida keltirilishicha, hozirda Nurmagomedovning bir qancha kompaniyalari yopilgan. Masalan, turizm bilan shugʻullanuvchi “Hikmet Travel” kompaniyasi ham faoliyatini toʻxtatdi. Xuddi shunday holat “Eagle FC” bilan kuzatilishi mumkin, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring