Guljahon Yoʻldoshevaga vazirlik hamda Ombudsman hamkorligida qonun doirasida zarur yordam koʻrsatiladi

Soʻnggi kunlarda Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori, viloyat bosh infeksionisti Guljahon Yoʻldoshevaning ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olinganligi bir qator internet saytlari hamda ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali keng muhokama qilinmoqda.
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi G. Yoʻldoshevaga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilishi yuzasidan tashvishdaligini bildiradi hamda mazkur holatga adolatli va xolis yechim topilishini istaydi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
"Joriy yilning 3-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari G.Marufova hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) kotibiyati mudiri S.Azimovlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining 1-sonli tergov hibsxonasida qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yoʻldosheva bilan Ombudsman huzuridagi milliy preventiv mexanizm (MPM) doirasida suhbat tashkil etildi.
Suhbat davomida G. Yoʻldosheva koronavirus kasalligiga chalingan bemor oʻlimiga sababchi boʻlish va 250 mln. soʻm mablagʻni talon-toroj qilishda ayblanib hibsga olinganligi, ushbu ish boʻyicha surishtiruv oʻtkazilib, shifokor muammolar haqida ochiq gapirgani, bundan tashqari tergov va suddan yashirinishi mumkinligini inobatga olib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilganligini maʼlum qildi.
Bundan tashqari, G.Yoʻldosheva, eng avvalo, ona ekanligi, 6 nafar voyaga yetmagan, jumladan, 2 va 3 yoshli kichik farzandlari borligi, tergov yoki suddan yashirinishga urinmaganligini, shu bilan birga Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi faoliyati yuzasidan olib borilayotgan tekshiruvlar hamda unga nisbatan yuritilayotgan surishtiruv va tergov jarayonlarida bevosita oʻzining ishtirokida xolisona koʻrilishini taʼminlashda oʻziga nisbatan qoʻllanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasini oʻzgartirilishida amaliy yordam soʻradi.
Oʻtkazilgan suhbat natijalari boʻyicha Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Ombudsman bilan hamkorlikda qonun doirasida va insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqqan holda yuqori sud instansiyalariga qoʻshma murojaat qilishini, shu asosda G. Yoʻldoshevaning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha amaliy yordam koʻrsatilishini maʼlum qiladi" deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring