Gʻulomjon Yoqubov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi
Toshkentdagi “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyida xonanda, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Gʻulomjon Yoqubovning 75 yosh tavallud sanasi munosabati bilan katta konsert dasturi boʻlib oʻtdi.
Musiqiy oqshomda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston xalq artisti Gʻulomjon Yoqubovni mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmonini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov oʻqib eshittirdi.
“Gʻulomjon Yoqubov milliy qoʻshiqchilik sanʼatimizni rivojlantirish borasidagi xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi”, – deyiladi xabarda.
Sanʼatkorga mukofotni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva topshirdi.
Taʼkidlash joizki, Gʻulomjon Yoqubov 60 yildan buyon sanʼat yoʻlida xizmat qilib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring