Gʻulomjon Abdullayev toʻgʻridan toʻgʻri, Jabrail Shapiyev oʻtish bahsi orqali bronza uchun kurashadi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Gʻulomjon Abdullayev va Jabrail Shapiyev “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettiradi boʻldi.
-57 kg vazn toifasida qatnashayotgan Gʻulomjon Abdullayev chorak final bahsida armanistonlik Arsen Arutyunyanni magʻlub etgan edi. Yarim final bahsida esa AQSHda Spenser Liga imkoniyatni boy bergandi.
Shunga qaramay, endi u ertaga kechki dasturda bronza medali uchun bellashadi. Uning raqibi oʻtish bahslarida aniqlanadi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Gʻulomjon Abdullayev 1998-yil 11-noyabr Xorazmda tavallud topgan. U “Tokio-2020” da ham oʻ omadini sinab koʻrgandi.
-86 kg vazn toifasida qatnashayotgan sportchimiz Jabrail Shapiyev qiyin kechgan bahsda 1:4 hisobida bolgariyalik Magomed Ramazanovga yutqazgandi.
Shunga qaramay, Bolgariya vakilining finalga chiqishi erkin kurashchimiz Javrail Shapiyev (-86 kg) uchun bronzaga imkon qoldirdi. Endi Shapiyev ertaga oʻtish bosqichida gilamga chiqadi. Unda terma jamoamiz aʼzosiga kanadalik Aleks Mur raqiblik qiladi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Jabrail (Javrail) Shapiyev 1997-yil 20-aprelda Dogʻistonda tugʻilgan. 2017-yildan beri Oʻzbekiston nomidan musobaqalarda qatnashib keladi.
Avvalroq, Bahodir Jalolov Olimpiada medalini kafolatlagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring