Gulistondagi oshxonada gaz portladi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Videodan kadr
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan bozordagi ovqatlanish shoxobchasida gaz portlashi ortidan yongʻin kelib chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 2-dekabr kuni soat 10:49 da “Taraqqiyot” MFY hududida joylashgan ovqatlanish shoxobchasining oshxonasida yongʻin sodir boʻlgani toʻgʻrisida FVBga xabar kelib tushgan. Koʻrilgan tezkor choralar natijasida yongʻin toʻliq bartaraf etilgan.
Sirdaryo viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi bergan axborotga koʻra, hodisa tufayli tan jarohati olgan fuqarolarga zarur tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida ular Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyat filialiga yetkazilgan. Boshqarma ushbu bemorlar holatini oʻz nazoratiga olgan.
Viloyat SSB, shuningdek, 2-dekabr holatiga koʻra portlash va undan soʻng kelib chiqqan yongʻin oqibatida vafot etganlar yoʻqligini qayd etgan. Biroq Kun.uz viloyat IIBga tayanib, jabrlanganlarning 3 nafari shifoxonada vafot etganini maʼlum qildi.
Bugun, 3-dekabr kuni Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani haqidagi xabarni eʼlon qildi. Unda keltirilishicha, mazkur jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan.
Qayd etilishicha, hozirda ish yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring