Grippga qarshi emlash koronavirus yuqish xavfini 50 foizga kamaytirgan
Foto: РИА Новости
Grippga qarshi emlanganlar COVID-19ning birinchi toʻlqini paytida koronavirusga chalinish ehtimoli 47, ikkinchisida esa 50 foizga kamroq boʻlgan.
Bu Gollandiyaning Radbaud tadqiqot universiteti tibbiyot markazi olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar yakunida maʼlum boʻldi.
Tadqiqot natijalari haqida "medRxiv" portalida maqola eʼlon qilindi. Mutaxassislarning fikricha, grippga qarshi emlash maʼlum darajada koronavirusdan himoya qiladi.
Pandemiyaning birinchi toʻlqini payti olimlar Gollandiyadagi shifoxona xodimlari oʻrtasida tadqiqot olib borishgan. Unda COVID-19 bilan kasallanish grippga qarshi emlanganlarga qaraganda ancha past qayd etilgan. Xususan, birinchi toʻlqinda grippga qarshi emlanganlar orasida koronavirusga chalinish xavfi emlanmaganlarga qaraganda 47 foiz past boʻlgan. Ikkinchi toʻlqinda bu koʻrsatkichlar 50 foizni tashkil etgan.
Tadqiqot mualliflari buning sababi “tayyorlangan” immunitet taʼsiri boʻlishi mumkin, degan xulosaga kelishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring