Green Card uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandimi?
Illyustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda 2027-yilgi Diversity Visa (Green Card) dasturida roʻyxatdan oʻtish boshlangani haqida xabarlar tarqaldi. Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekistondagi elchixonasi mazkur xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qildi.
“DV-2027 uchun roʻyxatdan oʻtish allaqachon boshlangani haqidagi yolgʻon maʼlumotlar, shuningdek, gʻolib boʻlish imkoniyatingizni oshira olishini daʼvo qiluvchi shaxslar va xizmatlar haqida xabarlar tarqalgan. Bular haqiqatga toʻgʻri kelmaydi”, deyiladi elchixona xabarida.
Qayd etilishicha, DV-2027 uchun roʻyxatdan oʻtish muddatlari va bu yilgi ariza topshirish jarayonidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aniq boʻlishi bilan Davlat departamenti tomonidan eʼlon qilinadi.
Joriy yilning sentyabr oyida AQSh Davlat departamenti Green Card nomi bilan mashhur boʻlgan Diversity Visa lotereyasida roʻyxatdan oʻtish uchun yangi toʻlov joriy etilganini maʼlum qildi.
Unga koʻra, 16-sentyabrdan boshlab ariza topshirish uchun 1 dollarlik yigʻim amal qiladi. Shu bilan birga, lotereyada gʻolib chiqqanlar vizani keyinchalik rasmiylashtirish uchun toʻlaydigan 330 dollar miqdoridagi toʻlov oʻzgarishsiz qoladi.
Rasmiy izohda aytilishicha, yangi yigʻim sistema xizmat koʻrsatish, maʼlumotlarni saqlash, avtomatik saralash va xavfsizlik tekshiruvlari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga xizmat qiladi. Shuningdek, u soxta va firibgarlik arizalarini kamaytirishi kutilmoqda. Yigʻim yiliga taxminan 25 million dollar qoʻshimcha daromad keltirishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring