Gollarga boy oʻtgan tun. Gretsiyada 7 ta, Parijda 8 ta gol kiritildi
Kecha, 26-noyabr kuni Yevropa chempionlar ligasi musobaqasining 3-tur oʻyinlari start oldi. Kun doirasidagi muhim bahslarga alohida toʻxtalib oʻtamiz.
“Liverpul”da inqiroz davom etadi
Soʻnggi tahlillarimizni oʻqiyotgan muxlislar uchun “Liverpul” va “inqiroz” soʻzlari sinonimdek eshitilayotgan boʻlsa kerak. Arne Slot boshchiligidagi jamoa chindan ham inqiroz jarligiga yaqinlashib bormoqda.
Klubning APLda ham ishlari yurishmayapti. Arne Slot jamoasi Angliya chempionati doirasida oʻtgan soʻnggi 7 ta oʻyindan 6 tasida magʻlub boʻldi. Buni futbol mutaxassislari APLda oʻrtamiyona jamoalar darajasi ortib borayotgani bilan izohlashgandi. Lekin, Yevropa chempionlar ligasida “Galatasaroy” va PSV kabi jamoalarga magʻlub boʻlishni nima bilan izohlash mumkin?
Ushbu turda “Liverpul” oʻz maydonida Niderlandiyaning PSV klubini qabul qildi. Oʻyin oldidan mehmonlar turnir jadvalida 25-oʻrinni egallab turgan edilar. Ushbu turdagi gʻalaba evaziga 15-oʻringa koʻtarilib olishni uddalashdi.
Uchrashuvda hisob oltinchi daqiqadayoq ochildi. “Liverpul” darvozasiga belgilangan penaltini Ivan Perishich aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.
Oradan 10 daqiqa oʻtib hisob tenglashdi. Kelgusi yilgi jahon chempionatini televizor orqali tomosha qilishi aniq boʻlgan vengriyalik futbolchi Dominik Soboslai muvozanatni tikladi. Birinchi boʻlim 1:1 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 56-daqiqasida Gus Til mehmonlarni yana hisobda oldinga olib chiqdi. 73-daqiqada esa zaxiradan oʻyinga qoʻshilgan Kuhaib Driux hisobni ishonchli koʻrinishga keltirdi.
Hakam tomonidan ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda esa Driuxning oʻzi hisobni 1:4 koʻrinishiga olib keldi. Shu tariqa Liverpul shahrida kechgan oʻyin shu nom bilan ataluvchi jamoaning yirik magʻlubiyati bilan yakunlandi. Arne Slotning isteʼfosi yaqindek…
“Liverpul” — PSV 1:4
Gollar: Soboslai (16) — Perishich (6, penalti), Til (56), Driux (73, 90+1).
“Liverpul”: Mamardashvili, Soboslai, Konate (Kyeza, 76), van Deyk, Kerkez, Jons, Gravenberh, Mak Allister, Saloh, Ekitike (Isak, 61), Gakpo.
PSV: Kovar, Dest, Shuten, Gasiorovski, Saloh-Eddin, Saybari, Mauro Junior, Verman, Man (Bayraktarevich, 89), Perishich (Driux, 69), Til (Pepi, 69).
Ogohlantirish: van Deyk (17).
Markaziy oʻyin
Turnirning markaziy oʻyini Londonda boʻlib oʻtdi. Unda Angliya Premyer ligasida peshqadam boʻlib turgan “Arsenal” klubi oʻz maydonida Germaniya Bundesligasi yetakchisi “Bavariya” jamoasini qabul qildi.
Oʻyin oldidan har ikki jamoa Yevropa chempionlar ligasi jadvalida 12 ochkodan jamgʻargan holda TOP-5 talikda borishar edi. Yaʼni, har ikki jamoa avvalgi 4 ta oʻyinning barchasida gʻalaba qozongan edi. Bu gal esa myunxenliklarning gʻalabali seriyasiga nuqta qoʻyildi. 5 ta oʻyinda 5 ta gʻalaba qozongan “Arsenal” musobaqa jadvalida yakka peshqadamga aylandi.
Oʻyin oldidan har ikki jamoada jiddiy yoʻqotishlar bor edi. Maydon egalarida asosiy hujumchi Viktor Gyokeresdan tashqari Kay Xavers va Gabriel jarohati tufayli oʻyinda ishtirok eta olmagan boʻlsa, “nemislar” safida Alfonso Devis va Jamal Musiala jarohat, Luis Dias esa oʻtgan turdagi qizil kartochka sabab maydonga tusha olmadi.
Hisob 22-daqiqada Yurriyen Timber tomonidan ochildi. Oradan 10 daqiqa oʻtib “myunxenliklar” javob golini kiritdi — bu zarbani Lennart Karl amalga oshirdi. Birinchi boʻlim 1:1 hisobida tugadi.
Ikkinchi boʻlimning 69-daqiqasida Noni Madueke hisobni 2:1ga yetkazdi. 77-daqiqada esa Gabriel Martinelli oʻyinga soʻnggi nuqtani qoʻydi.
Shu tariqa “Arsenal” markaziy bahsda gʻalaba qozondi va “Bavariya”ning gʻalabali seriyasiga chek qoʻydi.
Darvoqe, bu turda Londonning ikki yetakchi klubi — “Arsenal” va “Chelsi” ajoyib gʻalabalarga erishdi. APLning kelgusi turida ushbu jamoalar oʻzaro toʻqnash keladi. Demak, bizni yakshanba oqshomida qiziq toʻqnashuv kutib turibdi…
“Arsenal” — “Bavariya” 3:1
Gollar: Timber (22), Madueke (69), Martinelli (76) — Karl (32).
“Arsenal” — Rayya, Lyuis-Skelli (Kalafiori, 68), Moskera, Timber (Uayt, 80), Saliba, Subimendi, Rays, Merino, Eze (Edegor, 80), Trossar (Madueke, 38), Saka (Martinelli, 68).
“Bavariya” — Noyer, Ta, Stanishich, Upamekano (Kim, 81), Laymer (Bishof, 72), Kimmix (Goretska, 81), Pavlovich, Olise, Gnabri (Jekson, 72), Karl (Gerreyru, 81), Keyn.
“Real Madrid” Gretsiiyada qiyn galabaga erishdi
La Liga peshqadami “Real Madrid” Yevropa chempionlar ligasining bu turida jiddiy qarshilikka uchradi. Klub bahsning 8-daqiqasidayoq oʻz darvozasidan toʻp olib chiqdi. “Olimpiakos”ning dastlabki goliga Shikinyu mualliflik qildi.
Uchrashuvning 20–30-daqiqalari oraligʻi “Real Madrid”ning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappega ataldi. Futbolchi 22, 24 va 29-daqiqalarda ketma-ket 3 ta gol kiritdi. Birinchi boʻlim 1:3 hisobi bila yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 52-daqiqasida yaqinda “Olimpiakos”ga koʻchib oʻtgan eronlik hujumchi Mehdi Taremi hisobni 2:3 koʻrinishiga keltirdi.
60-daqiqada Kilian Mbappe oʻyindagi toʻrtinchi golini kiritdi. Bu Mbappening Yevropa chempionlar ligasidagi dastlabki pokeri boʻldi.
81-daqiqada “greklar” oʻyindagi soʻnggi golni kiritdi. Ushbu muvaffaqiyatli zarbaga Ayub Al Kaabi mualliflik qildi. Shu tariqa oʻyin “qaymoqranglilar”ning 3:4 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
“Olimpiakos” — “Real” 3:4
Gollar: Shikinyu (8), Taremi (52), Al Kaabi (81) — Mbappe (22, 24, 29, 60).
“Olimpiakos” — Solakis, Rodiney (Koshtinya, 71), Retsos, Pirola (Byankon, 62), Ortega, Muzakitis, Garsiya (Xezze, 46), Podense (Strefessa, 71), Shikinyu (Torimiy, 28), Martinsh, Al Kaabi.
“Real” — Lunin, Trent, Asensio (Dias, 73), Karreras, Mendi, Chuameni, Guler (Bellinghem, 61), Valverde, Kamavinga (Sebalos, 46), Vinisius (Fran Garsiya, 90), Mbappe.
8 ta gol urilgan oʻyin
Angliya Premyer-ligasining oʻtgan turida “Arsenal” klubiga 4:1 hisobida magʻlub boʻlgan “Tottenhem” klubidan Parij safaridan hech kim ijobiy natija kutmagan edi. Amalda ham shunday boʻldi.
Hisob 35-daqiqada Risharlison tomonidan ochildi. Taymning soʻnggi daqiqasida Vitinya hisobni tenglashtirdi. Birinchi boʻlim 1:1 hisobida tugadi.
Ikkinchi boʻlim boshida maydonga tushirilgan Lukas Ernandes oradan 3 daqiqa oʻtib maydondan chetlatildi. 50-daqiqada “Tottenhem” yana hisobda oldinga chiqdi. Bu gal aynan PSJ klubidan ijaraga olingan Randal Kolo-Muani “londonliklar”ning goliga mualliflik qildi.
53-daqiqada esa Vitinya muvozanatni tikladi. Oradan 6 daqiqa oʻtib Fabian Ruis jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi. 65-daqiqada esa 1 kishi kam boʻlib oʻynayotgan mezbonlar toʻrtinchi golini ham kiritishdi.
72-daqiqada Kolo-Muani hisobni 3:3 qildi. Oradan 4 daqiqa oʻtib, xet-trikka erishgan Vitinya oʻyinga soʻnggi nuqtani qoʻydi.
PSJ — “Tottenhem” 5:3
Gollar: Vitinya (45, 53, 76 pen.) — Risharlison (35), Kolo-Muani (50, 72).
PSJ — Shevale, Zair-Emeri, Markinos, Pacho, Mendesh (Ernandes, 46), Nevesh, Vitinya (Zabarniy, 90+4), Ruis, Barkolya (Li Kang In, 56), Njantu (Ramush, 79), Kvarasxeliya (Dembele, 79).
“Tottenhem” — Vikario, Porro, Grey (Palinya, 76), Van de Ven, Romero, Spens (Udogi, 84), Bentankur, Bergvall (Quddus, 76), Sarr (Odober, 84), Risharlison, Kolo-Muani (Simons, 84).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring