Global tahdidlarga qaramasdan, milliy iqtisodiyotimiz barqaror oʻsib bormoqda

16:10 30 Noyabr 2023 Siyosat
125 0

Oʻzbekiston anjumanlar saroyida davom etayotgan BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik boʻyicha ikkinchi global forumida parlament darajasida, eng avvalo, qonunchilikni takomillashtirish jarayonlarida BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan hamohanglik yaratilgani eʼtirof etildi.

Parlamentda qabul qilinayotgan barcha qonunlar milliy maqsadlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqilmoqda.

Keyingi ikki yil davomida parlament komissiyasi tomonidan  12 ta milliy maqsad, 70 dan ortiq vazifa hamda 100 dan ziyod indikatorlar doirasida hududlarda olib borilayotgan ishlar holati oʻrganildi.

Oʻrganish natijalari komissiya majlislarida muhokama qilinib, qariyb 30 nafar vazirlik va idora rahbarlarining axborotlari eshitildi, tegishli qarorlar qabul qilindi.

— Biz ikki yil avval qabul qilgan “Buxoro deklaratsiyasi” uning asosida ishlab chiqilgan BMT Bosh Assambleyasining “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi rezolyutsiyasi bilan toʻla hamohangdir, — dedi Senat Raisi T.Narbayeva. — Umuman olganda, milliy maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatning barcha resurslari safarbar etilgan. Barqaror rivojlanish maqsadlari amaliy ifodasi nafaqat respublika organlari darajasida, balki tarmoq va sohalar, hududlar va mahallalar darajasida ham namoyon boʻlmoqda.

Xususan, global tahdidlarga qaramasdan, milliy iqtisodiyotimiz barqaror oʻsib bormoqda. Prezidentimiz murojaatida qayd etilganidek, aholining turmush darajasini oshirish va kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash, taʼlim, sogʻliqni saqlash va shu kabi muhim ijtimoiy sohalarda sifat va samaradorlikni oshirish ham ustuvor maqsadlardan etib belgilangan.

Shuningdek, barqaror rivojlanishning zarur sharti boʻlgan gender tenglikni taʼminlash, samarali bandlikni oshirish hamda aholini munosib ish bilan taʼminlash, barqaror infratuzilmani yaratish boʻyicha ham keng koʻlamli choralar koʻrilmoqda.  

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер