Global iqlim oʻzgarishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligi masalalari muhokama qilindi
Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida Oliy Majlisi Senati, Qonunchilik palatasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti hamda Oʻzbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi hamkorligida “Global iqlim oʻzgarishi sharoitida oziq-ovqat va mahsulotlar xavfsizligini taʼminlash orqali Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Tadbirda senatorlar va deputatlar, vazirlik va idoralar masʼullari, olimlar, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, xalqaro va nodavlat tashkilotlar vakillari, shuningdek, agrar sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ishtirok etdi.
Konferensiyada global iqlim oʻzgarishining qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tizimlariga taʼsiri, mahsulotlar xavfsizligini taʼminlashda ilm-fan va innovatsiyalarning oʻrni, barqaror agrotexnologiyalarni joriy etish, resurslardan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, iqlim oʻzgarishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, ayollarning agrar sohadagi faolligini oshirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish orqali Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish boʻyicha taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Tadbir yakunida bildirilgan fikr va mulohazalar asosida tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqilishi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring