Global iqlim oʻzgarishi yiliga 250 ming kishining oʻlimiga sabab boʻladi — JSST
Bugun insoniyat yana bir global tahdid qarshisida turibdi. Bu — iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq muammolar. Uning asoratlari butun sayyoramiz aholisi salomatligiga jiddiy xavf solmoqda.
Anomal issiq, suv toshqinlari, oʻrmon yongʻinlari, muzliklar erishi, dengiz sathining koʻtarilishi... Bunday omillar Yer sharining qator nuqtalarida oʻlim holatlari va kasalliklar soni ortishiga olib kelyapti.
JSST bu boradagi soʻnggi tahlillarni eʼlon qildi. Unga koʻra, keyingi 20 yil ichida 65 yoshdan katta insonlar oʻrtasida jazirama haroratdan vafot etish koʻrsatkichi 70 foizga oshgan.
Bundan tashqari, toza ichimlik suvi tanqisligi 5 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida oldini olish mumkin boʻlgan kasalliklardan oʻlim holatlarining asosiy sabablaridan biriga aylangan.
Qolaversa, havo ifloslanishi tufayli kelib chiqadigan xastaliklar har yili 7 million nafar kishini hayotdan erta olib ketmoqda.
JSST bosh direktori Tedros Gebreyesusning maʼlum qilishicha, agar vaziyat oʻnglanmasa, kelgusi oʻn yillikda iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq omillar har yili 250 ming kishining umriga zomin boʻlishi mumkin.
Chunki hozir uch milliarddan ortiq inson xuddi shunday ekologik murakkab mintaqalarda yashaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring