Global IQ reytingi eʼlon qilindi: Oʻzbekistonning oʻrni va natijasi

2025-yil 1-yanvar holatiga koʻra, mamlakatlar kesimida oʻrtacha IQ koʻrsatkichlari maʼlum qilindi.
Ushbu tadqiqot 2024-yilda dunyoning turli burchaklaridan 1 393 066 nafar odam ishlagan bir xil IQ test natijalariga asoslangan. Jadvalda kulrang bilan koʻrsatilgan mamlakatlar yetarli maʼlumot boʻlmaganligi sababli reytingga kiritilmagan.
Oʻrtacha IQ darajasi, odatda, Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuqoriroq boʻladi. Oʻrtachaga yaqin daraja Yevropa, Gʻarbiy Osiyo, Okeaniya, Shimoliy Amerika va Shimoliy Afrikada kuzatiladi. Markaziy va Janubiy Afrika, shuningdek, Lotin Amerikasida esa oʻrtachadan past.
Ushbu reytingda birinchi oʻrin 107,43 ball bilan Xitoyga nasib etgan boʻlsa, Oʻzbekiston 96,98 ball bilan roʻyxatdagi 127 davlat ichida 69-oʻrinni egalladi. Dunyo boʻyicha oʻrtacha IQ 100 ballni tashkil qiladi.
Qayd etilishicha, test sinovida Oʻzbekistondan 8986 kishi ishtirok etgan.
IQ darajasi past yoki baland boʻlishiga nimalar taʼsir oʻtkazadi?
Mamlakatlar oʻrtasidagi IQ koʻrsatkichlari oʻzgarishiga turli omillar taʼsir qiladi. Masalan, 2010-yildagi tadqiqot koʻrsatishicha, yuqumli kasalliklar darajasi yuqori boʻlgan mamlakatlarda aholi IQ darajasi past boʻladi. Bu kasalliklar kognitiv rivojlanishga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
2025-yildagi tadqiqot esa yaxshi ovqatlanish odatlariga ega bolalar boshqa bolalarga qaraganda yuqori IQga ega ekanligini koʻrsatdi. Shuning uchun yaxshi ovqatlanish odatlari boʻlgan mamlakatlarda oʻrtacha IQ yuqori darajadadir.
Bundan tashqari, intellektual faoliyat va genetika oʻrni ham beqiyosdir. 2022-yilda olib borilgan tadqiqot muntazam ravishda shaxmat oʻynash bolalarning IQ darajasini oshirishini koʻrsatgan boʻlsa, 2013-yilgi mingdan ortiq egizaklar ishtirokida oʻtkazilgan tadqiqot IQ darajasining 50-80% irsiyatga bogʻliq ekanligini tasdiqlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring