Buxoroda nikohdan oʻtmasdan yashab kelayotgan 174 ta oila aniqlandi
Illyustrativ foto
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi Guliston mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi 94 yoshli Risolat Sharipova soliq boʻyicha imtiyozlar uchun arizani uyida turib topshirish imkoniga ega boʻldi. Tuman adliya boʻlimi tomonidan unga sayyor tarzda xizmat koʻrsatilib, elektron imzo kaliti olib berildi.
— Fuqarolar tashvishini yengil qilish, odamlarga u yoki bu masalada tezkor yordam koʻrsatish ish faoliyatimizning asosiy yoʻnalishlaridan sanaladi, — deydi viloyat adliya boshqarmasi masʼul xodimi Bekzod Rahmonov. — Shu nuqtayi nazardan yaqinda oʻtkazilgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi koʻplab fuqarolarni ovoragarchilikdan xalos etish, ularning qimmatli vaqt hamda mablagʻlarini tejashda qoʻl keldi. Xususan, sayyor qabullar va sayyor davlat xizmatlari tashkil etilgani ayni muddao boʻldi. Ular orqali aholiga 10 ming 536 ta sayyor davlat xizmati koʻrsatildi.
Bugina emas, mahallarda oʻtkazilgan xatlov ishlari davomida qonuniy nikohdan oʻtmasdan yashab kelayotgan 174 ta oilalar aniqlandi. Tabiiyki, ularning nikohi belgilangan tartibda qayd qilindi. 888 nafar shaxsga ID-karta rasmiylashtirildi. 2 185 ta tadbirkorlik subyekti, 1 088 ta koʻchmas mulk obyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring