“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi
Qonunga koʻra, Gidrotexnika inshootlarining loyiha koʻrsatkichlari parametrlariga, ularga yuklamalar hamda taʼsir koʻrsatish omillariga, shuningdek qurilishda ishlatiladigan materiallarga, foydalanish sharoitlariga qarab gidrotexnika inshootlari I, II, III va IV sinflarga boʻlinadi.
Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Gidrotexnika inshootlarida favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi xavfini eng koʻp darajada kamaytirish boʻyicha profilaktika tadbirlarini amalga oshirish ularning xavfsizligini taʼminlashga nisbatan qoʻyilgan asosiy talablardan biri hisoblanadi.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari ulardan shoshilinch tarzda foydalanish maqsadida foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan oldindan yaratiladi.
Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish davrida favqulodda vaziyat yuzaga kelishi natijasida boshqa shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga va (yoki) mol-mulkiga, shuningdek atrof-muhitga zarar yetkazilganligi uchun foydalanuvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring