Germaniyaning yirik koʻrgazmalar tashkilotchisi Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonasini ochmoqda
Poytaxtimizdagi “Central Asian Expo CAEx” xalqaro koʻrgazmalar majmuasida tashkil etilgan matbuot anjumanida “Business Media Central Asia Uzbekistan” (“BMCA Uzbekistan”) vakilligida Oʻzbekistonda Germaniyaning “Messe Frankfurt” koʻrgazma kompaniyasining vakolatxonasi va rasmiy ofisi ochilishi eʼlon qilindi.
Tadbirda nufuzli xalqaro kompaniyalar vakillari, jumladan, “Messe Frankfurt Group”, “Business Media Europe”, “BMCA Uzbekistan”, “CAEx” kompaniyalari rahbarlari va boshqalar qatnashdi.
Anjumanda “BMCA Uzbekistan” “Messe Frankfurt” xalqaro koʻrgazma konsernidan Oʻzbekistonda yirik koʻrgazmalarni tashkil qilish uchun akkreditatsiya olganligi eʼlon qilindi. Endi “Automechanika”, “Futuroad”, “Scalex”, “Heimtextile”, “Texworld”, “Apparel Sourcing” va “BeautyWorld” kabi xalqaro koʻrgazmalar “CAEx” hududida oʻtkazilishi mumkin.
“Messe Frankfurt Group” vitse-prezidenti Stefan Kursavski tadbirdagi nutqida kompaniyaning mintaqadagi faoliyati kengayishiga ishonch bildirib, Oʻzbekiston Sharq va Gʻarb oʻrtasida koʻprik vazifasini oʻtashini qayd etdi. Koʻrgazmalarning oʻtkazilishi sarmoya jalb etish, sanoatni rivojlantirish va mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.
1907-yilda asos solingan “Messe Frankfurt Group” bugungi kunda dunyodagi eng yirik koʻrgazma va tadbirlar tashkil etish konserni hisoblanadi. Har yili 100 dan ortiq xalqaro koʻrgazmalar va qariyb 2500 kishilik ishchi kuchi bilan u tadbirlar bozorida katta tajriba va obroʻga ega.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring