Germaniyaning 33 karra chempioni Abbosbek Fayzullayevni oʻz tarkibiga qoʻshib olishi mumkin
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va “SSKA” klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Germaniyaning “Bavariya” klubiga oʻtishi mumkin. Bu haqida “Bombardir” nashri xabar berdi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, “Bavariya” klubi Fayzullayevning “SSKA” hamda milliy jamoadagi oʻyinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Jarayon ijobiy yakunlanadigan boʻlsa, futbolchimiz yozgi transferlar oynasidayoq “Bavariya” tarkibiga borib qoʻshilishi mumkin.
Maʼlumki, “SSKA” klubi Fayzullayevni 2023-yilning yozida 500 ming yevro evaziga oʻz tarkibiga qoʻshib olgan edi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchisining Rossiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil yozigacha amal qiladi.
"Transfermarkt" internet portalida keltirilgan maʼlumotga koʻra, Abbosbek Fayzullayevning ayni paytdagi qiymati 8 million yevroni tashkil qilmoqda.
Maʼlumot uchun, Fayzullayev ushbu mavsumda “SSKA” klubi tarkibida 23 oʻyinda maydonga tushib, 3 gol hamda 6 assit qayd etdi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, taniqli futbol agenti Anton Smirnov Abbosbek Fayzullayev yoshlar terma jamoasida oʻynagan davrdan buyon “Bavariya” klubi kuzatuvida ekanini oʻz ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida maʼlum qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring