Germaniyada ikki kishi Moskva foydasiga josuslik qilganlikda gumonlanib hibsga olindi

17:37 18 Aprel 2024 Dunyo
502 0

Illyustrativ foto

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Barbok Bavariyada ikki kishi Moskva foydasiga josuslik qilganlikda gumonlanib hibsga olinganidan keyin Rossiya elchisi Sergey Nechayevni chaqirtirdi.

Avvalroq, Germaniya Federativ Respublikasi Federal Bosh prokuraturasi tomonidan Germaniya va Rossiyaning ikki fuqarosi Diyeter S. va Aleksandr J. Federal jinoyat politsiyasi idorasi xodimlari tomonidan hibsga olingan edi. Bavariya davlat jinoiy politsiya boshqarmasi tomonidan ularning uylarida va ish joylarida tintuv oʻtkazildi.

Qoʻlga olinganlar Amerika harbiy bazalarida josuslik faoliyatini amalga oshirgani va transport yoʻllariga hujumlar rejalashtirishgani gumon qilinmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер