Germaniyada “Chiqindi politsiyasi” boʻlinmalari ish boshladi
Germaniyaning Xaylbronn shahrida noqonuniy axlat tashlashga qarshi kurashish uchun yangi boʻlinma tashkil etildi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, “Chiqindi politsiyasi” xodimlari kunduzi va tunda ham uzluksiz faoliyat olib boradi. Ular maxsus formalar hamda fuqarolik kiyimlarida xizmat olib borishlari mumkin boʻladi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu boʻlinmaga tergov oʻtkazish, tashlab ketilgan buyumlar asosida aybdorlarni qidirish va qoidabuzarlarni voqea joyida hibsga olish vakolatlari berilgan. Shuningdek, xodimlarga qarshi qonunbuzarlar tomonidan tajovuzkor xatti-harakatlar sodir boʻlgan taqdirda ularga qarshi maxsus qalampir purkagich vositasi bilan qarshilik qilishlari mumkin boʻladi.
“Bizning xodimlarimiz shahar qiyofasini buzadigan masalalarga, masalan, noqonuniy chiqindi tashlashga eʼtibor qaratadilar. Ushbu loyihaning maqsadi tozalikka boʻlgan munosabatni ongli ravishda shakllantirishdir”, — deydi Xaylbronn shahar hokimiyati vakili.
Bundan tashqari, rasmiylar mahalliy aholi vakillarini ham shaharni tozalashda faol ishtirok etishga chorlamoqda. Ular qoidabuzarlarni koʻrganda maxsus “Mangelmelder” onlayn platformasi orqali xabar berishlari mumkin.
Ushbu yangi boʻlinma ikki yil davomida test rejimida ishlashi maʼlum qilingan. Tajriba muvaffaqiyatli amalga oshsa, Germaniyaning boshqa shaharlarida ham “Chiqindi politsiyasi” boʻlimlari tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring