Germaniya va Angliya davlatlariga fuqarolarni ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Samarqand va Toshkentda fuqarolarni chet davlatlarga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Samarqand shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.S” MCHJ taʼsischisi O.Oʻ. va ish boshqaruvchisi S.R. internet ijtimoiy tarmogʻida xorijiy davlatlarga ishga yuborishlari haqida eʼlon berib, 6 nafar fuqaroni Germaniya va Angliya davlatlariga ishga yuborishlari evaziga ularning jami 12 700 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Ye.M. fuqaro I.S. va uning 4 nafar tanishlarini 12 000 AQSH dollari evaziga Germaniya davlatiga borishi uchun viza olib berishini aytib, shundan 6 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlar oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring