Germaniya standarti asosida kasbiy taʼlim
Gʻuzor tumani va Shahrisabz shahridagi ikkita politexnikumda oʻtgan yili Germaniyaning “Avestos” kompaniyasi va Leypsig shahar Hunarmandchilik palatasi bilan hamkorlikda qurilish va elektr payvandlash yoʻnalishlari boʻyicha toʻliq nemis taʼlim standartlari asosida oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan edi.
Yangi oʻquv yilidan viloyatdagi yana 4 ta politexnikumda nemis taʼlim standartlari joriy etildi. Buning uchun ushbu muassasalarda barcha shart-sharoit yaratilib, oʻquv-amaliyot xonalari zarur texnologiyalar, uslubiy qoʻllanmalar bilan jihozlandi.

“Avestos” kompaniyasi rahbari Miksel Klaus boshchiligidagi delegatsiya mazkur taʼlim muassasalariga tashrif buyurib, nemis standartlari asosida taʼlim berish huquqini tasdiqlovchi guvohnomalarni tantanali ravishda topshirdi.
— Bugun nafaqat Germaniya, balki yurtingizda ham qurilish, metallga ishlov berish, elektr payvandlash singari sohalarda yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan talab oshib bormoqda, — deydi Miksel Klaus. — Hamkorlikdagi ushbu loyihaning maqsadi ana shunday mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.
Jahongir BOYMURODOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring