Genderga yoʻnaltirilgan byudjetlashtirish boʻyicha seminar oʻtkazildi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Oliy Majlis Senati, “BMT-ayollar” tuzilmasi hamda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi bilan hamkorlikda vazirlik va idoralar xodimlarining genderga yoʻnaltirilgan byudjetlashtirish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan oʻquv seminari oʻtkazildi.
Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi Orzigul Qozixonova oʻz chiqishida genderga yoʻnaltirilgan byudjetlashtirish davlat xarajatlarini adolatli taqsimlash, ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyat yaratish, shuningdek, davlat moliyasining shaffofligi va hisobdorligini taʼminlashga xizmat qilishini taʼkidladi.
Hozirgi vaqtda dasturiy byudjetlashtirish joriy etilayotgan vazirliklarda 2026-yil uchun gender tenglik boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar ishlab chiqilayotgani qayd etildi.
Seminar davomida xalqaro ekspertlar genderga yoʻnaltirilgan byudjetlashtirishning jahon tajribasining taqdimotini hamda amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring