Gender-huquqiy ekspertiza oʻtkazish tartibi boʻyicha seminar-trening oʻtkazildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Joriy yilning 23-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda USAIDning Oʻzbekistondagi huquqiy islohotlar dasturi bilan hamkorligida “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizasini oʻtkazish tartibi”ga bagʻishlangan seminar-trening oʻtkazildi.
Seminar-treningda vazirlik va idoralar, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi masʼul xodimlari, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti ekspertlari ishtirok etishdi. Unda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazishda ishtirok etuvchi davlat organlari mutaxassislarining gender-huquqiy ekspertizani oʻtkazish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
Seminarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi aʼzosi Gulnora Marufova, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori Foziljon Otaxonov, USAIDning Oʻzbekistondagi huquqiy islohotlar dasturi direktorining oʻrinbosari Rahima Nazarovalar kirish soʻzlari bilan ochib berdi.
Seminar trenerlari Gulnoza Sattorova – Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti boʻlim boshligʻi hamda Gulnora Ishanxanova – Xalqaro yuristlar komissiyasi komissari tomonidan gender-huquqiy ekspertizani oʻtkazishga qoʻyiladigan talablar, uni oʻtkazish tartibi va bosqichlari hamda ekspertlik xulosasini tayyorlash aniq misollar va koʻrgazmali qurollar vositasida tinglovchilarga tushuntirildi.
Shuningdek, gender-huquqiy ekspertiza orqali normativ-huquqiy hujjat yoki uning loyihasining jinsi boʻyicha bevosita yoki bilvosita kamsitish xavfi yuzaga keltiruvchi normalar va ularni oqibatlarini umumiy baholash, eng muhimi, aniqlangan, kamsitishlarga yoʻl qoʻyadigan meʼyorlarni bartaraf etish yoʻllari va uslublari namoyish etildi.
Qonunchilikda gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan asosiy vosita normativ-huquqiy hujjatlarning gender-huquqiy ekspertizasi hisoblanadi. Gender-huquqiy ekspertiza – normativ-huquqiy hujjatlarni hamda ularning loyihalarini xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash prinsiplariga muvofiqligi yuzasidan tahlil qilishdir. Aynan shu instrument ayollar va erkaklar tengligini huquqiy taʼminlashning samarali mexanizmiga aylanishi mumkin.
Seminar trening yakunida ishtirokchilarga “Gender-huquqiy ekspertiza” amaliy qoʻllanmasi tarqatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring