Gʻazoni qayta tiklash 40 milliard dollarga tushadi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining taʼkidlashicha, urushdan vayron boʻlgan Gʻazoni qayta tiklash 40 milliard dollarga tushadi va hududdagi vayronagarchiliklar koʻlami Ikkinchi jahon urushidan beri kuzatilmagan. BMT Taraqqiyot Dasturi Isroil—Gʻazo urushi Falastin iqtisodining keskin orqaga ketishiga sabab boʻlganini ham maʼlum qilgan. Tashkilotga koʻra, agar toʻqnashuv tez orada toʻxtamasa, 2024-yilda iqtisodiy ishlab chiqarish urushdan oldingi prognozlarga qaraganda uch barobar qisqarib ketishi mumkin.
Agar nizolar yana 9 oyga choʻzilsa, Falastin boʻylab qashshoqlik 60 foizdan oshadi. Ushbu inqiroz kambagʻallikda yashayotganlar sonini 1,86 millionga oshirishi mumkin. Shuningdek, BMT hisob-kitoblariga koʻra, mojaro insoniyat taraqqiyotini 20-yildan koʻproqqa toʻxtatib qoʻygan.
Shuningdek, AQSH shu kunlarda Gʻazo qirgʻoqlari yaqinida maxsus gumanitar yordam tarqatish maydonini qurmoqda. Jo Bayden amerikalik xodimlarga Gʻazo qirgʻoqlariga bormaslikni tayinlagan. Hamas xalqaro vositachilarning kelishuvga erishish fonidagi yigʻilishlarida qatnashish uchun oʻz delegatsiyasini Misrga yuborgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Toshkentda Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni munosabati bilan matbuot anjumani oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring