Gʻazoni egallab olish rejasi hal qiluvchi bosqichga yetib keldi — Netanyahu
Kecha, 2-sentyabr kuni Isroilning Gʻazodagi aholi zich joylashgan hududlari, jumladan, bir necha kundan buyon hujum ostida boʻlgan Al-Sabra mahallasiga qilgan hujumlari oqibatida kamida 105 nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqida “Al Jazeera” nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Isroil hujumi natijasida halok boʻlganlarning kamida 32 nafari yordam tarqatish punktlariga borgan mahalliy aholi vakillari boʻlgan. Taʼkidlanishicha, xalqaro ogohlantirishlarga qaramay Isroilning Gʻazoga qilayotgan bosqinlari kun sayin kuchayib bormoqda.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning maʼlum qilishicha, Gʻazo shahrini egallab olish rejasi hal qiluvchi bosqichga yetib kelgan.
“Al Jazeera” muxbiri Hind Khudarining aytishicha, Gʻazo markazidagi Dayr al-Balah hududi mahalliy aholi uchun qafasga aylangan.
“Hudud aholisi iloji boricha havo hujumlaridan omon qolishga harakat qilmoqda. Ular qayerga koʻchib borsa, Isroilning havo hujumlari ularni kuzatib boradi. Koʻpchilik oziq-ovqat tanqisligi hamda hududning toʻliq blokada qilingani tufayli oʻlimga roʻbaroʻ kelmoqda”, — deydi Khudari.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, oxirgi 24 soat ichida kamida 13 nafar falastinlik ochlikdan halok boʻlgan. Urush boshlanganidan beri ochlik tufayli qurbon boʻlganlarning umumiy soni 361 nafarga yetgan.
Seshanba kuni halok boʻlganlar orasida kamida 21 kishi, jumladan, 7 nafar bola Gʻazo janubidagi Xon-Yunis hududida suv olish uchun navbatda turgan vaqtda Isroil dronlari tomonidan nishonga olingan.
Gʻazo hukumati matbuot xizmati Isroilning mazkur hujumlarini xalqaro huquq boʻyicha urush jinoyati deb atab, BMT Xavfsizlik kengashini ushbu shafqatsiz genotsidni toʻxtatishga chaqirgan.
Gʻazo sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Isroilning Gʻazoga qilgan bosqinlari oqibatida kamida 63 ming 633 nafar falastinlik halok boʻlgan. 160 ming 914 kishi esa turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonalarga yotqizilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring