Gʻazolik bolalarning yigʻlashga ham kuchi yoʻq - BMTning Bolalar tashkiloti

01:33 25 Iyun 2024 Dunyo
611 0

Britaniyaning “Save the Children” yordam guruhi Gʻazoda 21 mingga yaqin bola bedarak yoʻqolganini maʼlum qildi. Guruh hisobotida minglab bolalar vayronalar ostida qolib ketgani, portlovchi moddalar taʼsirida tanib boʻlmas darajaga kelgani va maʼlum bir qismi ommaviy qabrlarda koʻmilgani aytilgan.

BMTning Bolalar tashkiloti yil boshida 14 mingdan ortiq bola oʻldirilgani, qolganlari esa toʻyib ovqatlanmaslikdan aziyat chekayotgani hatto ularning yigʻlashga ham kuchi qolmaganligini yozgan edi.

“Save the Children”ning Yaqin Sharq boʻyicha mintaqaviy direktori Jeremi Stoner Gʻazodagi bedarak yoʻqolgan bolalar bilan bogʻliq vaziyatni mustaqil tekshirish va javobgarlikka tortishga chaqirdi. Bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha Falastin tashkiloti bosh direktori Xolid Quzmarning aytishicha, bu bolalarga qarshi urush va Gʻazodagi genotsidning eng katta yoʻqotishi bolalardir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер