Gʻazo sulhi qayta jonlandi. Bu haqida nimalar maʼlum?
Foto: Reuters
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu HAMAS bilan garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha kelishuvni muhokama qilish uchun muzokarachilar guruhini yuborishga qaror qildi.
Ushbu kelishuvni Isroil nomidan AQSH prezidenti Jo Bayden may oyining oxirida eʼlon qilgan edi. HAMASning ushbu dasturga toʻliq munosabati hali eʼlon qilinmagan. Ammo Falastin rasmiysining «BBC»ga aytishicha, guruh Bayden taqdim etgan reja boʻyicha toʻliq oʻt ochishni talab qilmayapti.
HAMASning yangi shartlariga koʻra, Isroil askarlari Gʻazoning Misr bilan janubiy chegarasi boʻylab va Gʻazo hamda Misr oʻrtasidagi Rafah oʻtish joyidan chiqib ketishi kerak.
AQSH maʼmuriyatining yuqori martabali mulozimiga koʻra, HAMAS oʻz pozitsiyasiga muhim tuzatishlar kiritishga rozi boʻlgan.
«Bizda muhim oʻzgarishlar bor, ammo bu kelishuv bir necha kun ichida yopiladi degani emas», degan AQSH rasmiysi. Uning qoʻshimcha qilishicha Bayden va Netanyahu payshanba kuni telefon orqali suhbatlashib, garovga olinganlar va sulh muzokaralarini muhokama qilgan. Netanyahuga koʻra, yahudiy davlati muzokaraga delegatsiya joʻnatishga tayyor. Urushni esa barcha xohishlari amalga oshganidan soʻng tugatishi mumkin.
Shuningdek, chorshanba kuni HAMAS siyosiy rahbariyati kelishuvga erishish uchun muhokama qilayotgan gʻoyalar yuzasidan Misr va Qatar vositachilari bilan bogʻlanganini aytdi.
Shu paytgacha guruh urushni toʻxtatish va Isroil qoʻshinlarini Gʻazodan toʻliq olib chiqib ketishni talab qilib kelgan. Isroil esa HAMASni yoʻq qilmagunicha janglarda faqat vaqtinchalik tanaffuslarni qabul qilishini aytib keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring