Gʻazo sektorida halok boʻlganlar soni 9227 nafarga yetdi

23:51 03 Noyabr 2023 Dunyo
520 0

Foto: Anadolu Agency

Shu yilning 7-oktyabr kuni Yaqin Sharqda navbatdagi eskalatsiya boshlanganidan beri Gʻazo sektorida halok boʻlganlarning umumiy soni 9227 nafarga yetdi.

Bu haqda “Al Jazeera” telekanali Falastin anklavining sogʻliqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.

Rasmiy idora maʼlumotlariga koʻra, qurbonlar orasida 3826 nafar bola va 2405 nafar ayol bor. Yana kamida 23 516 kishi tan jarohati olgan.

Avvalroq, Falastin Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻzining “Telegram” ijtimoiy tarmogʻidagi kanalida 7-oktyabrdan buyon Gʻarbiy Sohilda halok boʻlgan falastinliklar soni 143 nafarga yetganini maʼlum qilgan edi.

Gʻazo sektoridagi qarama-qarshilik shu yilning 7-oktyabr kuni boshlandi. Shu kuni ertalab HAMAS Isroilga qarshi “Al-Aqsa toʻfoni” deb nomlangan harbiy operatsiya boshladi va havodan zarbalar berdi. Minglab jangarilar yahudiylar davlati hududiga bostirib kirib, oʻnlab harbiy texnika va yuzdan ortiq insonni garovga oldi.

Shundan soʻng Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanligini eʼlon qildi. Mamlakat mudofaa kuchlarining javob operatsiyasi “Temir qilichlar” deb ataldi va uning maqsadlaridan biri HAMASni yoʻq qilish hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер