Gazning “oltin davri” tugamoqda — Xalqaro energetika agentligi
Foto: Reuters
Xalqaro energetika agentligi (XEA) rahbari Fotih Birolning aytishicha, gazning “oltin davri” nihoyasiga yetmoqda. 2030-yilga borib iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda unga talab kamayadi. Buning sabablari sifatida u qayta tiklanadigan energiya manbalari raqobati va Yevropaning Rossiya gazidan tez voz kechishini koʻrsatdi.
“Ushbu oʻn yillikning oxirida iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda gazga boʻlgan talab pasayadi. Bu qayta tiklanadigan energiya manbalarining elektr energiyasi ishlab chiqarishda gazdan koʻproq ustunligi bilan bogʻliq... Qolaversa, Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya”si boshlanganidan keyin Yevropaning gazdan voz kechishi tezlashgan”, — deydi Birol.
2011-yilda XEA gazning “oltin davri”ni aks ettirgan va uning qazib olish hajmi sezilarli darajada oshishini bashorat qilgan hisobotni eʼlon qilgan edi. Biroq, hozir, Birolning soʻzlariga koʻra, yangi yashil siyosatsiz ham, gaz talabi kelgusi yillarda eng yuqori choʻqqiga chiqadi.
Shu bilan birga, XEA rahbari pasayish rivojlangan mamlakatlar uchun xos boʻlishini taʼkidladi. Uning qoʻshimcha qilishicha, rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa, Osiyoda gazga boʻlgan talab oʻsishda davom etadi. Shuning uchun neft va gaz sanoatiga sarmoya kiritish hali ham ishlab chiqarish keskin pasayib ketmasligi uchun zarur.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring