Gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib olgan fuqarolar davlat va jamiyat manfaatlariga salkam bir milliard soʻm zarar yetkazishdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yuqori Chirchiq tumani, Olmaliq shahri boʻlimlari va IIBB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Tadbir davomida, fuqarolar Yu.I. va A.Sh. yashash xonadonlarida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib olganligi fosh etildi.
Ushbu qonunbuzarlik natijasida jami 404,6 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi holat Departamentning Yunusobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham kuzatildi.
Unga koʻra, fuqaro X.P. va boshqalar oʻzaro til biriktirib “Buyuk Turon” MFY hududidagi noturar binoda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 206,6 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Bundan tashqari, Departamentning Bulungʻur tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro K.X. “Mexrjon” MFY hududidagi novvoyxonada tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 190,5 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelganligi oydinlashgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring