Garvard yana 60 million dollarlik grantlardan mahrum qilinishi mumkin
Foto: Reuters
AQSHning Sogʻliqni saqlash va Inson xizmatlari departamenti Garvard universitetiga ajratilgan 60 million dollarlik federal grantlarni toʻxtatishini eʼlon qildi. Bu nufuzli oliygoh va prezident Donald Tramp hokimiyati oʻrtasidagi antisemitizm, prezidentlik nazorati va akademik erkinlik chegaralari haqidagi tortishuvni yanada kuchaytirdi.
Tramp va AQSHdagi ayrim konservativlar Garvard va boshqa universitetlarni uzoq vaqtdan beri “chap qanot” qarashlarini targʻib qilishda va “oʻng qanot” fikrlarini bostirishda ayblab keladilar.
“Departament Garvard universitetining antisemitik tahdidlar va irqiy kamsitishlarga qarshi chora koʻrishdagi muvaffaqiyatsizligi sababli 60 million dollar boʻlgan mablagʻlarni bekor qilmoqda”, – deyiladi dushanba kuni X ijtimoiy tarmogʻiga joylangan bayonotda.
Bayonotda aytilishicha, universitet hududida kamsitishga yoʻl qoʻyilmaydi va federal mablagʻlar barcha talabalarni himoya qila oladigan muassasalarga ajratilishi kerak.
Tramp hokimiyati ilgari ham Garvard universitetiga ajratilgan 2,2 milliard dollardan ortiq federal grantlarni bekor qilgan edi.
“Garvard endi davlat tomonidan moliyalashtiriladigan muassasa boʻlmaydi, buning oʻrniga xususiy mablagʻlarga tayanadi, boy bitiruvchilari orqali mablagʻ yigʻadi”, — degan edi Taʼlim vaziri Linda Makmen joriy oy boshida universitetga yozgan xatida.
Garvard hokimiyatni sudga berdi. Universitet moliyaviy mablagʻlar bekor qilinishi AQSH Konstitutsiyasining Birinchi tuzatmasi va federal qonunlarga zid ekanini taʼkidladi. Bu qonun prezidentga soliqlar boʻyicha tekshiruvlar boshlanishi yoki toʻxtatilishini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita buyurishni taqiqlaydi.
Prezident va Garvard oʻrtasidagi mojaro mart oyida boshlangan. Oʻshanda Tramp mamlakat boʻylab oxirgi bir yil ichida Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi namoyishlar oʻtkazilgan yirik oliy oʻquv yurtlariga yangi qoidalar joriy etmoqchi boʻlgan edi.
Tramp bunday namoyishlarni “noqonuniy” deb atagan va qatnashchilarni antisemitizmda ayblagan, ammo talabalar Gʻazodagi urushda genotsid xavfi borligini taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring