Gʻalladan boʻshagan dalaga oʻt qoʻyish 50 million soʻmga tushdi
“Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan oʻtkazilgan monitoringlarda Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon tumanida joriy yilda 577,9 gektar bugʻdoydan boʻshagan yerlar yoqib yuborilgani aniqlandi.
— Ekinzorlar va atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazuvchi bunday nomaʼqul ish uchun qonunchilikda aniq jazo choralari belgilangan, — deydi viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi boʻlim boshligʻi Mahmudxoʻja Satimxoʻjayev. — Yuqoridagi holatlar davlat inspektorlari tomonidan nazoratga olinib, 16 ta holatda yoqib yuborilgan 202,6 gektar maydon uchun 18 mln. 750 ming soʻm maʼmuriy jarima va 180 mln. soʻmga yaqin tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.
Dalaga kimlar oʻt qoʻyyapti? Oʻyinqaroq bolalar emas, koʻproq oqu qorani tanigan katta yoshdagi kishilar bu ishga qoʻl uryapti. Mana birgina misol, tumandagi “Nosirjon Xayrullo” fermer xoʻjaligi ishchisi J. Sh. gʻalladan boʻshagan 47,4 gektar dalaga oʻt qoʻygani uchun endi qancha pushaymon boʻlsa ham foydasi yoʻq. Gʻisht qolipdan koʻchdi. Endi u huquqbuzarligi uchun 1 mln. 125 ming soʻm maʼmuriy jarima va tabiatga keltirilgan zarar uchun 49 mln. soʻmdan koʻproq tovon toʻlaydi.
Ayni paytda olib borilayotgan nazorat va surishtiruv tadbirlari natijasida boshqa aybdor shaxslarga ham tegishli qonuniy choralar belgilandi.
Qudratilla NAJMIDDINOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring