G7 mamlakatlari qayta qurollanishi uchun 10 trillion dollar boʻladi
Foto: Reuters
G7 (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQSH) mamlakatlari qayta qurollanish uchun 10 yil davomida 10 trillion dollar kerak boʻladi.
Kelgusi oʻn yil ichida G7 mamlakatlariga mojarolar va Xitoy tahdidi bilan bogʻliq davom etayotgan qayta qurollanish rejalarini amalga oshirish uchun oʻn trillion dollardan koʻproq mablagʻ kerak boʻladi. Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.
Harbiy rasmiylarga koʻra, mudofaa byudjetlari NATO rejalariga erishish uchun Sovuq urush davridagi yalpi ichki mahsulotning toʻrt foiziga mos kelishi kerak
Agentlik tahlilchilarining hisob-kitoblariga koʻra, Amerika Qoʻshma Shtatlari va uning G7 ittifoqchilari bu darajaga erishsalar, kelgusi oʻn yil ichida 10 trillion dollardan ortiq qoʻshimcha majburiyatlarni oladilar.
Taʼkidlanishicha, katta xarajatlar soliq, ijtimoiy taʼminot va davlat kreditlari sohasida murakkab qarorlar qabul qilish bilan birga keladi.
Tahlilchi Jennifer Uelchning tushuntirishicha, bu mudofaa kompaniyalari, hukumat moliyasi va moliyaviy bozorlarning oʻzgarishiga olib kelishi mumkin.
Uelchning qoʻshimcha qilishicha, iqtisodiy jihatdan zaifroq boʻlgan Gʻarb davlatlari koʻproq qarz olish, boshqa joylarda xarajatlarni qisqartirish va soliqlarni oshirish oʻrtasida ogʻir tanlov qilishlari kerak. Bundan tashqari, AQSHni ham xuddi shunday qiyinchiliklar kutishi mumkin.
Avvalroq, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron NATO davlatlarini harbiy-sanoat kompleksiga sarflanadigan xarajatlarni oshirishga chaqirgan edi. Uning qayd etishicha, bu blok mustaqilligini mustahkamlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring