FVV rahbariga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

Foto: FVV
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Favqulodda vaziyatlar vaziriga ikki nafar oʻrinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sotiyev Xurshid Toʻlqinboyevich Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari — Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangan.
Maʼlumot uchun, Sotiyev Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan boʻlib, mazkur tayinlovga qadar FVV Shtab boshligʻining oʻrinbosari – qutqaruv kuchlarining xizmat va jangovar tayyorgarligini tashkil etish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Bundan tashqari, Qodirov Nuriddin Bahriddinovich Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari – Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangan.
Qodirov ushbu tayinlovga qadar Markaziy harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. U faoliyati davomida Mudofaa vazirligi tizimida turli lavozimlarda xizmat olib borgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring