Futbol. U-17 jahon chempionati. Oʻzbekiston chorak finalda oʻz yurishini yakunladi
Indoneziyada davom etayotgan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionatining navbatdagi chorak final oʻyini boʻlib oʻtdi.
Mazkur bosqichda oʻzbekistonlik futbolchilar Fransiyaga qarshi bahs olib borib, minimal hisobda imkoniyatni boy berdi. Oʻyindagi yagona golga 83-daqiqada Ismoil Bouneb mualliflik qildi.
Shunday qilib, Jahon chempionatida sensatsion natijalarga sabab boʻlgan Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari chorak finalda oʻz yurishini toʻxtatdi.
Yarim finalda Fransiya futbolchilari Mali va Marokash qarama-qarshiligi gʻolibi bilan toʻqnash keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring