Futbol muxlislari uchun chegirmalardan tortib, tasodifiy generatsiya yoʻli bilan beriladigan avtoraqamlargacha – 1-avgustdan nimalar oʻzgaradi?
Norma.uz portali 2024-yil 1-avgustdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etdi. Unga koʻra, kelgusi oyning 1-kunidan boshlab Oʻzbekiston qonunchiligida quyidagi oʻzgarishlar kuchga kiradi:
Investitsiya majburiyatlarining bajarilishi natijalarini qabul qilish muddati belgilanmoqda
Kichik sanoat zonalari ishtirokchilari va yosh tadbirkorlik subyektlarining investitsiya va ijtimoiy majburiyatlari bajarilishi natijalarini qabul qilish kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyalar tomonidan majburiyatlarni bajarish muddati kelgan sanadan boshlab 3 oy ichida amalga oshiriladi.
Avtoraqamlar tasodifiy generatsiya yoʻli bilan beriladi
Oddiy davlat raqamlari «Davlat raqam belgilari» moduli orqali tasodifiy avtomatik generatsiya yoʻli bilan beriladi.
Ayrim yer uchastkalari auksionga chiqariladi
Tuman va shaharlarda zamonaviy xizmat koʻrsatish majmualari va servis obyektlarini, jumladan joylashtirish vositalari, turar joylar va savdo-koʻngilochar markazlar uchun yer uchastkalari master-rejalar asosida auksionga chiqariladi.
Talabalar yotoqxonalariga joylashish uchun onlayn arizalarning qabuli boshlanadi
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat oliy taʼlim muassasalari talabalar turar joyiga joylashish onlayn shaklda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab oʻquv yili yakuniga qadar davom etadi.
Qoraqalpogʻistonda biznes-forum oʻtkaziladi
2024-yil avgust oyida xalqaro biznes forum oʻtkazilishi, Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchilari bilan hamkorlikda salohiyatli investorlarni jalb etib, kelishuvlar amalga oshirilishi, joriy yil yakuniga qadar esa – «Qoraqalpogʻistonda biznes qiling» dasturi doirasida yirik xorijiy ishlab chiqaruvchi kompaniyalar brendlarini jalb qilish rejalashtirilmoqda.
Futbol muxlislariga poyezdlar uchun chegirmalar beriladi
2024-yil avgust – oktyabr oylarida futzal boʻyicha Jahon chempionatida akkreditatsiyadan oʻtgan shaxslar, shuningdek, chempionat oʻyinlariga chiptalari mavjud boʻlgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun temir yoʻl chiptalariga 50 % miqdorida chegirmalar joriy qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring