Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi JCH saralash oʻyinlari oldidan Avstraliya bilan nazorat oʻyini oʻtkazadi
Xabaringiz bor, shu yil iyun oyida futbol boʻyicha 2022-yilgi Jahon chempionati hamda 2023-yilgi Osiyo kubogi qoʻshma saralash bahslari Saudiya Arabistonida markazlashgan holda tashkil etiladi.
Milliy termamiz Singapur, Yaman va Saudiya Arabistoniga qarshi oʻyinlarda JCH-2022 saralash bahslarining keyingi bosqich yoʻllanmasi uchun kurash olib boradi.
Boʻlajak oʻyinlarga puxta hozirlik koʻrish maqsadida OʻFA terma jamoalar boʻlimi hamda bosh murabbiy Vadim Abramov tayyorgarlik rejasini tuzib chiqishdi. Ushbu rejalar bilan terma jamoalar boʻlimi boshligʻi Azizbek Haydarov OʻFA matbuot xizmatini xabardor qildi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi boʻlajak oʻyinlar oldidan oʻquv-mashgʻulotlar yigʻinini 21-maydan Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi Chimyon togʻ yonbagʻirlarida boshlaydi.
Safar oldidan sanitariya-epidemiologiya qoidalariga qatʼiy rioya qilingan holda mashgʻulotlar yopiq tarzda oʻtkaziladi.
28-may sanasida MTJ delegatsiyasi BAAga joʻnab ketadi va 29-may kuni Dubay shahrida Avstraliya milliy terma jamoasi bilan nazorat oʻyinini oʻtkazadi.
Shundan soʻng, terma jamoamiz delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga yoʻl oladi va 7-iyun kuni boʻladigan Singapur terma jamoasiga qarshi dastlabki uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring