Furqat tumanida “Ustozlar bogʻi” barpo etildi

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yilning kuz faslida Furqat tumanida 14 ming tup mevali, manzarali daraxt va buta koʻchatlari ekilishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda tumanning barcha goʻshalarida, mahallalar, ijtimoiy soha muassasalarida yashil maydonlarni kengaytirish hamda hududlarni obodonlashtirish borasida ezgu tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
— Bugun 30-umumiy oʻrta taʼlim maktabida amaliy seminar tashkil etilib, mutaxassislar tomonidan mavsumiy daraxt hamda gul koʻchatlari ekish agrotexnologiyasi boʻyicha tavsiyalar berildi, — deydi Furqat tumani ekologiya boʻlimi bosh mutaxassisi Behzod Murodov. —Tadbir doirasida taʼlim muassasasining boʻsh hududida “Ustozlar bogʻi” barpo etildi.
Yangi bogʻga 100 tupdan ziyod mevali hamda 244 tup manzarali daraxt koʻchatlari ekilib, ularning parvarishi boʻyicha mutaxassislardan iborat masʼullar guruhi biriktirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring