Fuqarolarning murojaatlari senatorlarning doimiy diqqat markazida
Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Malika Kadirxanova navbatdagi fuqarolar qabulini oʻtkazdi.
Qabul davomida fuqarolarning muammolari, taklif va murojaatlari tinglandi. Xususan, murojaatlarning asosiy qismi yoshlar bandligini taʼminlash, xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasi, shuningdek, moddiy yordam, uy-joy, kommunal xizmatlar, tadbirkorlik, kadastr hamda prokuratura va sud ishlariga oid masalalarni qamrab oldi.
Taʼkidlash joizki, senator tomonidan tegishli vazirlik va idoralar masʼul vakillariga fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi va masalalar yuzasidan fuqarolarga mutasaddilar bilan birgalikda atroflicha tushuntirish berilib, aksariyat murojaatlar ijobiy hal etildi.
Fuqarolar tomonidan koʻtarilgan masalalar senator tomonidan oʻrganib chiqish va tegishli tartibda hal etish uchun nazoratga olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring