Fuqarolarni noqonuniy yoʻllar bilan “Haj”ga yubormoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

Illyustrativ foto
4 ta hududda fuqarolarni noqonuniy yoʻllar bilan “Haj” ziyoratiga yubormoqchi boʻlgan firibgarlar qoʻlga olindi. Bu haqda DXX maʼlum qildi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda ichki ishlar organlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Andijon shahrida yashovchi, 1966-y.t., muqaddam bir necha marotaba sudlangan shaxs aldov yoʻli bilan oʻzgalarning ishonchiga kirib, hozirda faoliyat yuritmayotgan Andijon shahridagi turistik firma nomidan 10 nafar fuqaroni “Haj” ziyoratiga yuborishini aytib, evaziga har biri uchun 5 ming AQSH dollaridan jami 50 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda Qarshi shahrida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi, 1985-y.t. shaxs firibgarlik yoʻli bilan fuqaroning ishonchiga kirib, u va uning qarindoshini poytaxtdagi tanishlari orqali “Haj” ziyoratiga yuborish evaziga 14 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Namangan shahrida qayd etilgan holatda esa mahalliy turistik firmalardan birining menejeri 2 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga “Haj” amallarini ado etish uchun yuborish evaziga 20 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida DXX va ichki ishlar organlari tomonidan ushlandi.
Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi turistik firma ishchisi Fargʻona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, uni “Haj” ziyoratiga yuborish evaziga Qoʻqon shahrida 9 ming AQSH dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan uning noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Taʼkidlash joiz, Haj tadbiri Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Saudiya Arabistoni podshohligi Haj va Umra vazirligi oʻrtasida har yili imzolanadigan shartnoma asosida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi hamda bunday faoliyat bilan boshqa tashkilotlarning shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring