Fuqarolarni AQSH va Yaponiyaga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar qoʻlga olindi
Illyustrativ foto
Toshkent shahrida fuqarolarni xorijiy davlatlarga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Yunusobod tumani boʻlimi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.A. AQSHda yashovchi qarindoshi B.R. bilan oʻzaro til biriktirib, fuqarolar Z.S. va D.S.ni tanishlari yordamida Meksika va Yevropa davlatlari orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga borishi uchun viza olib berishi evaziga 22 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Boshqa bir holatda esa Departamentning Bektemir tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.N. fuqarolar M.A. va X.T.ning ishonchiga kirib, ularni tanishlari yordamida Yaponiya davlatiga ishga yuborishi evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring