Fuqarolarni 16 yoshdan jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish tartibi joriy etiladi
Qonun bilan kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, gerbli guvohnomalarda davlat gerbi va QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri mavjud boʻlishi haqidagi talab “Oila kodeksi”da mustahkamlab qoʻyildi.
Shuningdek, “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida 16 yoshga toʻlgan fuqarolarni hisobga qoʻyish ularga identifikatsiyalovchi ID-kartalarni berish bilan bir vaqtda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritildi.
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra:
Belgilangan hollarda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish uchun ariza talabgorning xohishiga koʻra, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan yuborilishi mumkin boʻldi.
Bunda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tadbirkorlik subyektining qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun asos boʻlgan maʼlumotlarni koʻrsatgan holda, maxsus elektron tizim vositasida vakolatli organga xabarnoma yuboradi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ orqali litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirishda yigʻim undirilmaydi. (Ilgari bunday qoida mavjud emas edi)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring