Fransiyaning sobiq prezidenti Nikola Sarkozi qamoqxonaga joylashtirildi
Fransiyaning sobiq prezidenti Nikola Sarkozi Parijdagi uyidan chiqib, “Sante” qamoqxonasiga yoʻl oldi. “Kommersant” nashrining yozishicha, u bugundan boshlab saylov kampaniyasini noqonuniy moliyalash bilan bogʻliq jinoyat ishi boʻyicha tayinlangan besh yillik qamoq jazosini oʻtashni boshlaydi.
Janob Sarkozi uyidan turmush oʻrtogʻi Karla Bruni bilan birga chiqqan. Uni koʻchalarda yigʻilgan tarafdorlari “Nikola! Nikola!” deya olqishlab kutib olgan. Oradan koʻp oʻtmay, sobiq prezidentni olib ketayotgan kortej qamoqxona binosiga yetib kelgan.
TASS agentligining xabar berishicha, Sarkozi allaqachon qamoqxonaga joylashtirilgan. Nashr maʼlumotiga koʻra, u turgan mashina qamoqxona hududiga kirgan, sobiq prezidentga advokatlari hamrohlik qilgan.
Nikola Sarkozi 2007–2012-yillar davomida Fransiya prezidenti lavozimida ishlagan. Unga nisbatan jinoyat ishi 2013-yilda, Liviya hukumati tomonidan uning saylov kampaniyasi noqonuniy moliyalashtirilganligi gumoni bilan ochilgan.
Oʻtgan sentyabr oyida sud Sarkozini besh yilga ozodlikdan mahrum etdi. Sobiq prezident jazoni “zaif toifadagi mahbuslar” uchun moʻljallangan maxsus boʻlimdagi yakka xonada oʻtaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring