Fransiyada Makronga suiqasd uyushtirishda gumon qilingan shaxs hibsga olindi

17:12 18 Iyun 2023 Dunyo
777 0

Foto: AP

Fransiya huquq-tartibot idoralari Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga suiqasd uyushtirishda gumonlanuvchi shaxsni qoʻlga oldi. Bu haqda “Le Parisien“ gazetasi xabar bermoqda.

Maʼlumki, shu yilning 27-aprel kuni mazkur davlat rahbari “Château de Joux“ qalʼasida boʻlib, u yerda pensiya islohotiga qarshi namoyishchilar tinchitishga uringan edi. Prezident koʻrsatilgan joydan vertolyotda joʻnab ketmoqchi boʻlganida, isyonchilardan biri unga qarshi gaz bombasini uloqtirgan edi.

Tekshiruv davomida pirotexnika vositalarini 20 yoshli duradgor uloqtirgani maʼlum boʻldi. Erkak oʻz uyida hibsga olingan.

Shu bilan birga, qoʻlga olingan shaxs oʻz qilmishini inkor etmadi va shu yoʻl bilan respublika aholisi Makron siyosatiga qoʻshilmasligini ochiq koʻrsatmoqchi ekanini aytdi. Oʻz navbatida, huquqbuzarning advokati oʻz vasiyligidagi shaxsni kamida bir yilga ozodlikdan mahrum qilish talabi yuzasidan apellyatsiya berganini qoʻshimcha qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер