Fransiyada “birodarkushlik urushi” boshlanishi mumkin – Makron
Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron boʻlajak saylovlarda oʻta chap yoki oʻta oʻngning gʻalabasi “birodarkushlik urushi” (fuqarolar urushi)ga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda “Politico” nashri xabar bermoqda.
Prezident oʻta chap qanot “La France Insoumise” va oʻta oʻng “Rassemblement national” partiyalarini boʻlinish hamda keskinlikni keltirib chiqargani uchun tanqid qilib, bu partiyalarning din, shuningdek millatga oid siyosati jamoalarni mojaro tomon undashini taxmin qilgan.
Makron oʻz intervyusida oʻta oʻngchilar ishonchsizlik va oʻziga xoslikka eʼtibor qaratayotgani odamlarni oʻz diniga yoki kelib chiqishi bilan bogʻliq konfliktlarni kuchaytirgan. Jan-Lyuk Melanshon boshchiligidagi oʻta chap partiyani esa saylovchilarni jalb qilish uchun milliy boʻlinishni targʻib qilishda, xususan, Isroilning Gʻazodagi harakatlarini tanqid qilishda ayblagan.
Makronning ushbu bayonoti oʻz koalitsiyasining Yevropa Ittifoqi saylovlarida yomon natija koʻrsatganidan keyin yangrashi koʻplab tanqidchilarning eʼtiboriga tushgan.
Maʼlumot uchun aytish kerakki, Milliy ralli birinchi turda 35%, chap qanot ittifoqi 27% va Makronning markazchilari 19% foiz ovoz toʻplashga erishgan. Uning taʼkidlashicha, ekstremal yechimlar jozibador koʻrinishi mumkin, ammo oxir-oqibat koʻproq boʻlinish va mojarolarga sabab boʻladi.
Yevropa Ittifoqi parlamentga saylovlarda iqtisodiyot, migratsiya va xalqaro mojarolar haqidagi xavotirlar saylovchilarning ongida hukmronlik qilgan va ovoz berish qaroriga eng koʻp taʼsir qilgani haqida xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring