Fransiya Sogʻliqni saqlash vazirligi shifoxonalarga minglab yaradorlarni qabul qilishga tayyor boʻlishi buyurildi
Illyustrativ foto
Fransiya sogʻliqni saqlash organlariga Yevropada keng koʻlamli harbiy mojaro yuz bergan taqdirda shifoxonalar minglab yaradorlarni qabul qilishga tayyor boʻlishini taʼminlash boʻyicha topshiriq berilgan. Bu haqda “Canard Enchaîné” jurnali mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Katrin Votrenning mintaqaviy sogʻliqni saqlash idoralari rahbarlariga bergan buyrugʻiga tayanib xabar tarqatdi.
“Katrin Votrenning koʻrsatmalariga koʻra, Yevropada keng koʻlamli qurolli toʻqnashuv yuz bergan taqdirda shifoxonalar minglab yarador askarlarni qabul qilishga tayyor boʻlishi kerak”, deb yozadi jurnal.
Nashrning yozishicha, bu tashabbus jangovar hududlardan yaradorlarni qabul qilish uchun tibbiy markazlar yaratishni nazarda tutadi. Bu markazlarni oʻz mamlakatlariga xorijiy qoʻshinlarni joʻnatish imkonini yaratish uchun transport tugunlari yaqinida joylashtirilishi kerak boʻladi.
Ushbu buyruqqa muvofiq, sogʻliqni saqlash tizimining keng koʻlamli mojaroga tayyorligi 2026-yilning martiga qadar taʼminlanishi kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring