“Fransiya kinosi kunlari” doirasida uchta dolzarb film namoyish etiladi

16:18 13 Sentyabr 2022 Madaniyat
874 0

Toshkent xalqaro kinofestivaliga Vesul xalqaro Osiyo kinofestivali delegatsiyasi asoschilari Martin Teruan va Jan Mark Teruan, shuningdek, aktyor, ssenariynavis va rejissyor Farid Bentumi “Qizil yer” filmi bilan, taniqli kinorejissyor va fransuz aktyori Lui Garrel – “Bu yangi dunyo” komediyasi bilan tashrif buyurishadi.

Filmlar namoyishi dasturi oʻziga xos yorqin boʻlishi kutilmoqda.

Masalan, Farid Betumiy tomonidan suratga olingan “Qizil yer” dramasi “Qizil loy” davrida sodir boʻlgan real voqealardan ilhomlangan holda suratga olingan. Hikoya otasining kimyo zavodida ishlaydigan Nur ismli yosh hamshira va zavod chiqindilaridan xavotirda boʻlgan ekolog-jurnalist haqida. Hikoyaning ikkala qahramoni ham birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan atrof-muhitni muhofaza qilish tarafdori boʻlib, yaqinlari va fabrika ishchilarining salbiy tanqidlari qurboniga aylanishadi. Bu taʼsirchan hikoya bizni ona tabiatimizga zarar yetkazuvchi harakatlar haqida oʻylashga undaydi.

“Bu yangi dunyo” insoniyatni qutqarish haqidagi yana bir film bu gal film qahramonlari yosh aktyorlar jamoasidan tashkil topgan. Ushbu oilaviy komediya fransuz kinorejissyori Lui Garrel tomonidan 2021-yilda suratga olingan. 13 yoshli Abbeyning oilasi oddiy va sokin hayot kechiradi. Toki uyda qimmatbaho buyumlar yoʻqolishi boshlanmagunicha. Ammo oʻgʻri dunyoni global isishdan qutqarish uchun jamoaga qoʻshilgan oʻgʻli boʻlib chiqadi. Festival mehmonlari unutilmas tuygʻularga shoʻngʻishadi.

Fransuz kinorejissyorlari Kristof Reylat, Sedrik Gras va Matyo Torder tomoshabinlarni Fedchenko muzliklariga sovuq sarguzashtga chorlaydi. Hujjatli film Oʻrta Osiyoning chuchuk suv bilan taʼminlaydigan buyuk Fedchenko muzliklariga, yuzasi har yili qisqarib borayotgan shoʻr koʻl boʻlmish Orol dengiziga yetib borish uchun yoʻl olgan ikki fransuz sayohatchisi haqida hikoya qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?