Fransiya chempionatida sensatsion natija

12:18 07 Mart 2026 Sport
707 0

Kecha, 6-mart kuni Fransiya 1-divizionining 25-turi doirasida mamlakatning amaldagi chempioni PSJ jamoasi oʻz maydonida “Monako” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv kutilmaganda 1:3 hisobida mehmonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 27-daqiqada mehmonlar futbolchisi Magnus Akliush tomonidan ochildi. Birinchi boʻlim 0:1 hisobida tugadi.

Ikkinchi boʻlimning 55-daqiqasida “Monako”ning rossiyalik futbolchisi Aleksandr Golovin jamoasining ikkinchi golini kiritdi. 71-daqiqada Barkolya hisobni bittaga qisqartirdi. Oradan 2 daqiqa oʻtib Folarin Balogan hisobni 1:3 koʻrinishiga keltirdi.

Shu tariqa bahs “Monako”ning sensatsion gʻalabasi bilan yakunlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер