“Frans Futbol” yilning eng yaxshi yosh futbolchisi mukofoti uchun daʼvogarlarni eʼlon qildi
Illyustrativ foto
Fransiyaning dunyoga mashhur “France Football” (Frans Futbol) jurnali Kopa-2025 individual sovrini uchun daʼvogarlik qilayotgan 10 nafar yosh iqtidor roʻyxatini taqdim etdi.
Mazkur sovrin mavsum davomida klub va termalar miqyosida yaxshi oʻyin koʻrsatgan 21 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi futbolchiga beriladi.
Ushbu roʻyxatdan quyidagi futbolchilar oʻrin olgan:

• Estevao Villian (“Chelsi”);
• Ayyub Buaddi (“Lill”);
• Dezire Due (“Pari Sen-Jermen”);
• Din Hyoysen (“Real”);
• Maylz Lyuis-Skelli (“Arsenal”);
• Rodrigo Mora (“Portu”);
• Joau Nevesh (“Pari Sen-Jermen”);
• Lamin Yamal (“Barselona”);
• Pau Kubarsi (“Barselona”);
• Kenan Yildiz (“Yuventus”).
Maʼlumot uchun, mazkur sovrinning oʻtgan yilgi sohibi “Barselona”ning 18 yosh futbolchisi Lamin Yamal boʻlgan. Bu yilgi taqdirlash marosimi 22-sentyabr kuni Parijdagi “Shatle” teatrida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring