Foto: Muftiy Usmonxon Alimov soʻnggi manzilga kuzatildi

Kecha, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon oʻgʻli Alimov hazratlari vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 16-avgust, dushanba kuni Muftiy hazratlarining janoza namozlari va taʼziya marosimlari Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot qishlogʻi “Eshoni Temirxon Toʻra” (avvalgi “Orlot” masjidi) jome masjidida boʻlib oʻtdi.
Muftiy hazratlarini soʻngi manzilga kuzatish marosimida taniqli ulamolar, davlat va jamoat tashkiloti vakillari, hazratimizning qavmu qarindoshlari, doʻstu birodarlari, shogird va muxlislari, butun Oʻzbekistonning turli joylaridan hamyurtlarimiz, xorijdagi vatandoshlar va moʻmin-musulmonlardan iborat 10 mingdan ortiq jamoat ishtirok etdi.
Hazrat tavallud topgan qishloqlaridagi “Eshoni Temirxon Toʻra” jome masjidida peshin namozidan soʻng taniqli ulamolar, muftiy hazratning shogirdlari u kishining hayoti va faoliyati, dinimiz rivojiga qoʻshgan hissalari, insoniy fazilatlari va haqida ibratli maʼruza qildilar. Soʻng janoza namozini muftiy hazratlarining (oʻgʻli, shogirdi) oʻqidi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring